Men Sirojjonman. Veb-platformalarni boshidan oxirigacha o‘zim quraman: talablarni tahlil qilishdan tortib ma’lumotlar bazasi, backend va interfeysgacha. Hozir o‘z loyihalarim ustida ishlayapman va freelance buyurtmalar olaman.
Hozir
Najot Ta’limda Full-Stack dasturlashni o‘qiyapman
Universitet
TATU, Dasturiy injiniring, 4-kurs
Ish turi
Freelance
Qiziqishlarim
ShaxmatFutbol
Frontend
React va TypeScript’da tez, har ekranga mos interfeyslar.
Backend
Node.js, Express va NestJS’da API hamda biznes mantiqi.
Ma’lumotlar bazasi
PostgreSQL va MongoDB tuzilmasini loyihalash.
Integratsiya
Telegram bot va webhook orqali avtomatlashtirish.
Nimani qanchalik bilaman
Foizlar — o‘zimga bergan bahoyim.
Frontend
HTML100%
CSS (Tailwind)100%
JavaScript100%
TypeScript80%
React85%
Backend
Node.js100%
Express.js100%
NestJS70%
Python60%
C++50%
PHP30%
Ma’lumotlar bazasi
PostgreSQL80%
MongoDB70%
Ishlatadigan xizmatlarim
GitHub
Netlify
Vercel
Northflank
Supabase
Tillar
O‘zbek
Ona tilim
Ingliz
IELTS 6.0 Overall, 2025
Rus
Tushunaman, gapirishim taxminan A1
O‘zim asos solgan loyihalar
Moliyachi
Asoschi va dasturchi
Ta’lim markazlari va mustaqil ustozlar uchun moliyaviy hisob-kitobni avtomatlashtiruvchi veb-platforma. O‘quvchilar to‘lovini nazorat qiladi, oylik to‘lovlarni hisoblaydi, qarzdorlarni aniqlaydi, hisobot yuritadi va ota-onalarga Telegram orqali xabar yuboradi.
Maqsad
Qog‘oz daftar va qo‘lda yuritiladigan Excel jadvallariga ehtiyojni kamaytirish, inson omilidan chiqadigan xatolarni qisqartirish.
Mening vazifam
Yo‘nalishni belgilash, talablar tahlili, arxitektura, ma’lumotlar bazasi tuzilmasi, biznes mantiqi va sifat nazorati.
Holat
2026-yil 15-sentabrdan foydalanishga ochiq. Foydalanuvchilar hozircha ko‘p emas, faol rivojlanmoqda.